Innovations in Science and Technologies 3-том 9-нөмір (2026) · 15-27-беттер
O‘ZBEKISTON TO‘QIMACHILIK SANOATIDA INSON KAPITALI, EKSPORT TRANSFORMATSIYASI VA ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGI
Yuldasheva, Nilufar, Yormatov, Ilmidin
Аңдатпа
Mazkur maqolada O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining 2022–2025-yillardagi eksport faoliyati dinamikasi hamda tarmoqda inson kapitalining shakllanishi va rivojlanish tendensiyalari kompleks tahlil qilingan. Tadqiqotda rasmiy statistik ma’lumotlar asosida dinamik, qiyosiy va tarkibiy tahlil usullaridan foydalanilgan hamda eksport ko‘rsatkichlarining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tizimlashtirilgan. Tahlil natijalari to‘qimachilik sanoatida ishlab chiqarish quvvatlari, texnologik modernizatsiya va eksport salohiyati kengayib borayotganiga qaramay, malakali kadrlar ta’minoti, zamonaviy kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish, xalqaro standart va sertifikatlarga ega mutaxassislar ulushini oshirish, shuningdek, raqamli boshqaruv vositalaridan foydalanishda muayyan muammolar mavjudligini ko‘rsatadi. Xususan, ERP va HR analytics tizimlarining yetarli darajada rivojlanmaganligi, ta’lim dasturlari bilan ishlab chiqarish ehtiyojlari o‘rtasidagi nomuvofiqlik hamda mehnat bozorida zamonaviy texnologiyalarni boshqarishga qodir mutaxassislar taqchilligi tarmoqning eksport samaradorligini cheklovchi omillar sifatida baholanadi. Shu asosda inson kapitalining mehnat unumdorligi, mahsulot sifati, ishlab chiqarish tannarxi, innovatsion faollik va eksport majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishga ta’sirini baholashga yo‘naltirilgan besh komponentli integral model taklif etilgan. Shuningdek, inson kapitalidan foydalanish samaradorligini muntazam monitoring qilish uchun kompetensiya, unumdorlik, malaka oshirish, raqamlashtirish va eksport natijadorligini qamrab oluvchi KPI tizimi ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari inson kapitalini tarmoqning yordamchi resursi emas, balki investitsiyalar va texnologik imkoniyatlarni barqaror iqtisodiy natijaga aylantiruvchi strategik omil sifatida boshqarish zarurligini asoslaydi.
to‘qimachilik sanoatiinson kapitalimehnat unumdorligieksporttayyor mahsulotkompetensiyaERPHR analyticsxalqaro standartlar.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.