Innovations in Science and Technologies Ҷилди 3 № 9 (2026) · Саҳифаҳои 2-14
TASHQI SAVDONI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI LOGISTIKADAN FOYDALANISH MASALALARI
Karrieva, Yakutxon
Аннотатсия
Maqolada tashqi savdoni rivojlantirishda raqamli logistika vositalaridan foydalanishning nazariy-uslubiy asoslari, amaldagi holati va istiqbolli yo’nalishlari O’zbekiston Respublikasi misolida tadqiq etilgan. Mavzuning dolzarbligi bir necha holat bilan izohlanadi: mamlakatning tashqi savdo aylanmasi 2025 yilda 81,2 mlrd AQSh dollariga yetib, 2022 yilga nisbatan 1,6 barobardan ortiq o’sgan; ayni vaqtda dengizga chiqish imkoniyati bo’lmagan davlat sifatida O’zbekiston uchun transport-logistika xarajatlari eksport-import operatsiyalari qiymatida yuqori ulushni saqlab qolmoqda. Tadqiqotning maqsadi — raqamli logistika vositalarining tashqi savdo samaradorligiga ta’sirini baholash hamda milliy logistika tizimini xalqaro raqamli platformalarga integratsiyalash bo’yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot hujjatli tahlil, qiyosiy-statistik tahlil, tarkibiy-dinamik tahlil va indeks usullaridan foydalangan holda 2022–2026 yillar ma’lumotlari asosida amalga oshirilgan. Tahlil natijalari shuni ko’rsatdiki, O’zbekiston savdoni soddalashtirish choralarini joriy etish bo’yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2025 yilgi global so’rovida 92,47 foizlik natija bilan global o’rtacha ko’rsatkichdan (70,4 foiz) va rivojlangan davlatlar o’rtachasidan (86 foiz) yuqori turadi, biroq Jahon bankining Logistika samaradorligi indeksida 139 davlat orasida atigi 88-o’rinni egallaydi.
raqamli logistikatashqi savdologistika samaradorligi indeksisavdoni soddalashtirishelektron hujjat aylanmasie-CMR“yagona darcha”transchegaraviy o’zaro mosliktranzit salohiyatimultimodal tashuvlar.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.