Қўқон университети хабарномаси Том 5 (2022) · с. 44-46
MAMLAKAT IQTISODIYOTIDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-IQTISODIY AHAMIYATI
Mohichexra Boltayeva, Abbos Suyunov
Аннотация
Turizm sohasi mamlakatlar va mintaqalar iqtisodiyotini rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etishini va u XXI asr jahon xo‘jaligining ustuvor tarmoqlaridan biri ekanligini alohida ta’kidlash lozim. O‘zbekiston zamonaviy turizm industriyasini rivojlantirish uchun barcha zarur manbalarga ega. Yurtimizda soha rivoji uchun zaruriy tashkiliy-huquqiy mexanizmlar vujudga keltirilib, hukumat tomonidan tegishli me’yoriy hujjatlar qabul qilinmoqda. Ushbu maqolada turizm industriyasini rivojlantirishning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ahamiyati, sohani modernizatsiyalashtirishda olib borilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilinib, muallif tomonidan xulosa va takliflar berib o‘tilgan.
Turizm, iqtisodiy holat, infratuzilma, gid, ekskursiya, sayohat, tarixiy obidalar, investitsiya, mehmonxona, valyuta, UNWTO, turistik xizmatlar.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.