Қўқон университети хабарномаси (2023) · с. 328-332

RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TILGA TA’SIRI: RETRONIMLAR

Xolmonova Sadoqat Abdubannoyevna

Читать на сайте источника PDF

Аннотация

Bugungi kunda texnologiyalardan ayro holda yashash mumkin emas. U hayotimizning barcha jabhalarini to‘liq qamrab oldi, desak adashmaymiz. Texnologiyalardan, ayniqsa raqamli texnologiyalardan turli maqsadlarda har kuni foydalanmoqdamiz. Hayotimizda uning paydo bo‘lishi turli sohalarda turmushimizning o‘zgarishiga sabab bo‘ldi: insonlar bilan muloqotda geografik hudud uzoqligi o‘z ahamiyatini yo‘qotdi, har kuni ishga borib, ofisda o‘tirib ishlash majburiyati ozaymoqda, bank va to‘lov ishlari, hujjatlar bilan bog‘liq yumushlarni endi uyda hal qilmoqdamiz, onlayn kurslarda tahsil olib, uydan chiqmagan holda kasb va hunar o‘rganmoqdamiz. Bularning barchasi hayotimizda turli qulayliklarni yaratishi bilan birga tilimizda ham yangi tushunchalarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Chunki til va texnologiyani alohida tasavvur qilish mumkin emas. Texnologiyalarni yaratishda turli dasturlash tillaridan foydalanilsa, yaratilgan mahsulot tilning rivojlanishiga va uning neologizmlar bilan boyishiga o‘z hissasini qo‘shadi. Hozirgi kunda jamiyatimizdagi yangi tushunchalarning barchasi eski tushunchalarning qayta nomlanishiga sabab bo‘lmoqda va natijada lug‘at boyligimiz retronimlar bilan boyishda davom etmoqda. Ushbu maqolada retronimlarning paydo bo‘lishida texnologiyaning tutgan o‘rni haqida fikr yuritamiz.

neologizm, onlayn, raqamli texnologiya, retronim, qayta nomlash.

Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.

Цитировать

APA 7
Xolmonova Sadoqat Abdubannoyevna (2023). RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TILGA TA’SIRI: RETRONIMLAR. Қўқон университети хабарномаси, 328-332.
GOST R 7.0.5
Xolmonova Sadoqat Abdubannoyevna RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TILGA TA’SIRI: RETRONIMLAR // Қўқон университети хабарномаси. 2023. С. 328-332.
BibTeX
@article{abdubannoyevna2023,
  author  = {Xolmonova Sadoqat Abdubannoyevna},
  title   = {RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TILGA TA’SIRI: RETRONIMLAR},
  journal = {Қўқон университети хабарномаси},
  year    = {2023},
  pages   = {328-332}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Xolmonova Sadoqat Abdubannoyevna
TI  - RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TILGA TA’SIRI: RETRONIMLAR
JO  - Қўқон университети хабарномаси
PY  - 2023
SP  - 328
EP  - 332
ER  -