Қўқон университети хабарномаси (2023) · 366-370-беттер
TADBIRKORLIK SUBʼEKTLARINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ORQALI RIVOJLANTIRISH
Rustam Tohirov Solijonovich
Аңдатпа
Ushbu tadqiqotda mamlakatimizdagi tadbirkorlik faoliyatini IT sohasi orqali rivojlantirish istiqbollari belgilab olindi. Ushbu ma’lumotlar statistikasi mamlakatimizning rasmiy saytidan va boshqa sayt ma’lumotlari statistikasi asosida 2015-yildan 2022-yilgacha bo‘lgan ma’lumotlar to‘plandi. Tahlil qilish jarayonida ekonometrik tahlilning korrelyatsiyon va regressiyon tahlil usullaridan foydalanib, tadqiqotning modeli tuzildi. Korrelyatsiyon tahlilda sanoat mahsulotlari hajmiga mobil internet tezligi to‘g‘ri va sust ta’sir o‘tkazishi, aloqa va axborot xizmatlari hajmi esa kuchli va to‘g‘ri ta’sir qilishi aniqlandi. Regressiyon tahlil jarayonida linear va log-log modellari tahlil qilinib, yaxshi model sifatida log-log modeli tanlandi. Model parametrlarining ishonchliligini aniqlashda t-styudent testidan foydalanildi. Durbin-Watson dstatistikasi bo‘yicha model qoldiqlaridagi avtokorrelyatsiyani aniqlashda ishlatildi. Bunda model qoldiqlarida noaniqlik holati aniqlandi. Bunday holda, modelni boshqa tekshiruvlar o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, modelning regressiya tenglamasi tuzilib, elastiklik koeffitsiyentlari topildi.
tadbirkorlik faoliyati, axborot texnologiyalari, sanoat mahsulotlari, korrelyatsiyon tahlil, regressiyon tahlil.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.