Қўқон университети хабарномаси (2023) · 933-935-betlar
TA'LIMDAGI KORRUPSIYA
Ilyosjonov Shahboz, Sanobar Asilova
Annotatsiya
Mamlakatimiz ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, uning sifati hamda samaradorligini oshirish, ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, oliy o‘quv yurtlariga qabul jarayonlarining shaffofligini ta’minlash, ta’limdagi korrupsiya va poraxo‘rlikning oldini olishga ham astoydil kirishilgan. Poraxo‘rlikka qarshi kurash maqsadida olib borilayotgan kompleks chora-tadbirlarga qaramay, “o‘qishga kiritib qo‘yaman, testni hal qilib beraman”, degan va shu orqali mo‘may pul ishlab olish ilinjidagi firibgarlar hali-hanuz uchrab turibdi. Afsuski, “Farzandim diplom olsa bo‘ldi, u yog‘i bir gap bo‘lar” qabilida ish tutadigan, farzandining qobiliyati, bilimi va salohiyati yetarlimi yoki yo‘q, bunga ikkinchi darajali masala sifatida qaraydigan ota-onalar ham yo‘q emas. Ochig‘i, ushbu holatlar yillar davomida ta’lim tizimidagi korrupsiyaning eng og‘riqli nuqtasi bo‘lib keldi.
ta’limdagi korrupsiya, sohadagi islohotlar, korrupsiya sababi va yechimlari.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.