Қўқон университети хабарномаси Volume 11 (2024) · pp. 33-36
SANOAT KORXONALARINING ATROF-MUHITGA TA’SIRINI BAHOLASHDA EIA TIZIMINI JORIY ETISHNING XORIJ TAJRIBASI
J.A.Turgʻunov
Abstract
Ushbu maqola sanoat korxonalarining atrof-muhitga ta’sirini baholash bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish, turli metodologiyalar, me’yoriy-huquqiy bazalar va global miqyosda qo‘llaniladigan ilg‘or tajribalarni yoritishga qaratilgan. Shuningdek, ushbu maqolada Yevropa Ittifoqi va Jahon bankining ikkilamchi ma’lumotlaridan foydalangan holda sanoat korxonalarining atrof-muhitga ta’sirini baholash bo‘yicha xorijiy tajribalar o‘rganiladi. Tadqiqot atrof-muhitni boshqarishni kuchaytirishga qaratilgan global tendensiyani ko‘rsatadi, Shuningdek, Yevropa Ittifoqida yoqilg‘i iste’moli tendensiyalari tahlili ko‘mirdan foydalanishning sezilarli darajada pasayishi va biomassa iste’molining o‘sishini ko‘rsatadi, bu esa toza energiya manbalariga o‘tishni isbotlaydi. Tadqiqot sanoat korxonalarining atrof-muhitga ta’sirini baholash asoslarini takomillashtirish, qayta tiklanadigan energiya manbalarini rag‘batlantirish va sanoatning barqaror rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar beradi.
EIA, atrof muhit, toza energiya, sanoat korxonalari, barqaror rivojlanish, ekologiya
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.