Қўқон университети хабарномаси Volume 11 (2024) · pp. 60-63

YAN AMOS KOMENSKIYNING PEDAGOGIK NAZARIYASI

Azimova, Toyibaxon

Read at source PDF

Abstract

Ushbu maqola eng qadimgi davrlardan XIX asrning birinchi yarmida jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi Y.A. Komenskiyning pedagogik nazariyasiga bag‘ishlangan. Maqolada Y.A. Komenskiyning pedagogik nazariyalari chuqur o‘rganilgan. Shuningdek, Komenskiy pedagogikasi bo‘yicha darslarni tashkil etish hamda Komenskiy pedagogikasining zamonaviy ta’lim tizimidagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berilgan. Uning pedagogik nazariyasi o‘z davrining ilg‘or g‘oyalari bilan ajralib turadi va bugungi kunda ham katta ahamiyatga ega. Komenskiy ta’limni insoniy rivojlanish va jamiyat taraqqiyotining muhim omili deb hisoblagan. U ta’limning asosiy maqsadi sifatida insonning aqliy, axloqiy va jismoniy rivojlanishini ko‘rsatadi. Uning eng mashhur asarlaridan biri “Didactica Magna” (Ulug‘ Didaktika) bo‘lib, unda Komenskiy ta’limning prinsip va uslublarini batafsil bayon etadi. U ta’lim jarayonini tizimli va izchil tashkil etish zarurligini urg‘ulaydi. Ta’lim jarayonini to‘rtta asosiy bosqichga bo‘lib o‘rganish mumkin: boshlang‘ich ta’lim (6 yoshgacha), boshlang‘ich maktab (6-12 yosh), o‘rta maktab (12-18 yosh) va universitet ta’limi (18 yoshdan keyin). Har bir bosqichda o‘quvchilarni yoshi va qobiliyatlariga mos ravishda o‘qitish kerakligini ta’kidlaydi. Komenskiyning nazariyasida vizual ta’lim vositalarining ahamiyati katta o‘rin tutadi. U bolalarga mavzularni tushuntirishda tasvirlar, rasmlar va real ob'ektlardan foydalanish tarafdori bo‘lgan. Bu yondashuv bolalarning qiziqishini oshirish va o‘zlashtirishni yaxshilashga yordam beradi. Yan Amos Komenskiyning pedagogik nazariyasi bugungi kunda ham dolzarb bo‘lib, uning ta’lim sohasidagi innovatsion g‘oyalari va prinsiplarining ko‘pi hozirgi zamonaviy ta’lim tizimlarida qo‘llaniladi. Komenskiyning ilmiy merosi pedagogika fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan va uning asarlari hali ham o‘qituvchilar va ta’lim sohasidagi tadqiqotchilar uchun muhim manba bo‘lib qolmoqda.

“Buyuk didaktika”, asosiy tamoyillar, sinf-dars tizimi

Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.

Cite

APA 7
Azimova, Toyibaxon (2024). YAN AMOS KOMENSKIYNING PEDAGOGIK NAZARIYASI. Қўқон университети хабарномаси, 11, 60-63.
GOST R 7.0.5
Azimova, Toyibaxon YAN AMOS KOMENSKIYNING PEDAGOGIK NAZARIYASI // Қўқон университети хабарномаси. 2024. Т. 11. С. 60-63.
BibTeX
@article{toyibaxon2024,
  author  = {Azimova, Toyibaxon},
  title   = {YAN AMOS KOMENSKIYNING PEDAGOGIK NAZARIYASI},
  journal = {Қўқон университети хабарномаси},
  year    = {2024},
  volume  = {11},
  pages   = {60-63}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Azimova, Toyibaxon
TI  - YAN AMOS KOMENSKIYNING PEDAGOGIK NAZARIYASI
JO  - Қўқон университети хабарномаси
PY  - 2024
VL  - 11
SP  - 60
EP  - 63
ER  -