Қўқон университети хабарномаси 12-tom (2024) · 103-108-betler

YANGI O‘ZBEK SHE’RIYATIDA OLAM BADIIY MANZARASINI GUL TIMSOLLARI ORQALI IFODALASH POETIKASI

Oʻroqova, Nafosat Yoriyevna

Derekkózde oqıw PDF

Annotaciya

Maqolada zamonaviy she’riyatda olamning badiiy manzarasini floristik obrazlar orqali ifodalash poetikasiga diqqat qaratilgan. Shu o‘rinda, mazkur obrazlarning asosiy turlaridan biri hisoblanadigan gul timsollari badiiy adabiyotimizdagi asosiy kategoriyalardan biri ekanligiga urgʻu berilgan. Qadimda turkiy xalqlar ayrim oʻsimlik, daraxt, hayvon yoki qushlarga kult sifatida qarashgan. Ular bilan bogʻliq inonchlarga sigʻinishgan. Xalq poeziyasining ibtidoiy davrlarida, floristik va faunistik obrazlar turli xalq inonchlariga koʻra, keyinchalik esa oʻzining yashash sharoiti, tashqi tuzilishi, umumiy xarakter-xususiyatidan kelib chiqqan holda majoziy-ramziy ma’no ifodalaganligi ilmiy asoslangan. Oʻsimlik va gullarni jonli deb bilish natijasida qadimdan xalq folklorida xotin-qizlarni gulga, ayrim oʻsimliklarga qiyoslash an’anasi mavjud boʻlgan. Ular orqali xalq dilidagi dardlarini, qalb kechinmalarini yorqin ifoda eta olganligi dalillangan. Bundan tashqari, mumtoz lirik asarlarimiz xalq poeziyasidan oziqlangan holda davom ettirilgani, unda mavjud poetik obrazlar tadrijiy ravishda oʻsib borganligi yoritilgan. Insonlarning xarakter-xususiyatlari, jamiyatda hukm surgan siyosiy vaziyat, oddiy xalqning umumiy ahvoli, ularning ruhiyati, kayfiyati, alam-dardi, moddiy turmush tarzi oʻsimliklar, gullar, daraxtlar, qushlar hamda hayvonlarning poetik obrazlari orqali ramziy gavdalantirilib, badiiy maqsadga erishishga intilish kuchaygan. Zero, maqolada olam badiiy manzarasini floristik obrazlar vositasida ifodalash yoʻsinida mumtoz lirikamiz an’analariga sodiqlik bir qadar saqlanib qolganligi misollar orqali ko‘rsatilgan va H.Olimjon, E.Vohidov, J.Kamol gʻazallari asosida dalillangan. Ularning ijodida janr, obraz, she’riy san’atlar va poetik tasvir usuli masalalarida mumtoz she’riyat an’analari davom ettirilgani asoslangan. Mazkur maqolada yangi o‘zbek she’riyatida faol qo‘llanib kelinayotgan gullar obrazi yuqorida tilga olingan xususiyatlarga ko‘ra atroflicha o‘rganilgan va uning ilmiy-nazariy asoslari yaratilgan.

badiiy adabiyot, lirika, olamning badiiy manzarasi, xalq qoʻshiqlari, mumtoz she’riyat, yangi o‘zbek she’riyati, obraz, floristik obraz, gullar obrazi, ramz.

Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.

Dáyeksóz alıw

APA 7
Oʻroqova, Nafosat Yoriyevna (2024). YANGI O‘ZBEK SHE’RIYATIDA OLAM BADIIY MANZARASINI GUL TIMSOLLARI ORQALI IFODALASH POETIKASI. Қўқон университети хабарномаси, 12, 103-108.
GOST R 7.0.5
Oʻroqova, Nafosat Yoriyevna YANGI O‘ZBEK SHE’RIYATIDA OLAM BADIIY MANZARASINI GUL TIMSOLLARI ORQALI IFODALASH POETIKASI // Қўқон университети хабарномаси. 2024. Т. 12. С. 103-108.
BibTeX
@article{yoriyevna2024,
  author  = {Oʻroqova, Nafosat Yoriyevna},
  title   = {YANGI O‘ZBEK SHE’RIYATIDA OLAM BADIIY MANZARASINI GUL TIMSOLLARI ORQALI IFODALASH POETIKASI},
  journal = {Қўқон университети хабарномаси},
  year    = {2024},
  volume  = {12},
  pages   = {103-108}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Oʻroqova, Nafosat Yoriyevna
TI  - YANGI O‘ZBEK SHE’RIYATIDA OLAM BADIIY MANZARASINI GUL TIMSOLLARI ORQALI IFODALASH POETIKASI
JO  - Қўқон университети хабарномаси
PY  - 2024
VL  - 12
SP  - 103
EP  - 108
ER  -