Қўқон университети хабарномаси 14-jild (2025) · 21-27-betlar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AGRAR SOHA FAOLIYATINING IQTISODIY RIVOJLANISH TENDENSIYALARINI STATISTIK USULLARDAGI TAHLILI
B.Utanov
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida agrar soha faoliyatining iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari statistik tahlillar asosida o‘rganilgan. Mamlakatning asosiy hududlari bo‘yicha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, ayniqsa, dehqonchilik mahsulotlari yetishtirish ko‘rsatkichlari yillik o‘sish sur’atlari orqali tahlil qilingan. 2021–2024 yillar oralig‘idagi real statistik ma’lumotlar asosida ishlab chiqarish hajmi, tashkilotlar ulushi, resurslardan foydalanish darajasi, suv ta’minoti, va hududiy tafovutlar ko‘rib chiqilgan. Tahlillar natijasida agrar sohada mavjud muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish va sohaning barqaror rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan amaliy takliflar ilgari surilgan. Tadqiqot yakunida ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalar shakllantirildi.
agrar soha, iqtisodiy rivojlanish, dehqonchilik mahsulotlari, hududiy tahlil, statistik usullar, o‘sish sur’ati, ishlab chiqarish hajmi, suv resurslari.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.