Қўқон университети хабарномаси 14-том (2025) · 61-68-беттер
TASHQI VA ICHKI INVESTITSIYALARNING ASOSIY KAPITALNI SHAKLLANTIRISHDAGI ROLI
Qo‘shbaqov, Aybek
Аннотация
Ushbu maqolada tashqi va ichki investitsiyalarning asosiy kapitalni shakllantirishdagi o‘rni va ularning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri tahlil qilinadi. Xorijiy investitsiyalar, ayniqsa to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalar, ishlab chiqarish quvvatlarini yangilash, texnologiyalarni olib kirish va yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim ahamiyatga ega. Ichki investitsiyalar esa iqtisodiy tizim barqarorligi, mahalliy tadbirkorlik faolligi va milliy kapital aylanishini ta’minlaydi. Maqolada ikki turdagi investitsiyalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, ularning moliyalashtirish manbalari va iqtisodiy samaradorligi solishtirma tahlil asosida ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, O‘zbekiston misolida amaldagi holat va istiqbolli yo‘nalishlarga ham baho berilgan.
asosiy kapital, xorijiy investitsiyalar, ichki investitsiyalar, iqtisodiy rivojlanish, investitsiya siyosati, moliyalashtirish manbalari.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.