Қўқон университети хабарномаси 14-том (2025) · 87-92-беттер

YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH USTUVOR MASALA SIFATIDA

Tojiyeva, Muhabbatxon, Xolmatov, Umidjon

Булактан окуу PDF

Аннотация

Ushbu maqola yoshlar bandligini ta’minlashga ta’sir etuvchi asosiy omillarni o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, dastlab bugungi kunda mamlakatimizda bu borada olib borilayotgan siyosiy islohotlar o‘rganib chiqilgan. Yoshlar bandligini ta’minlashda asosiy ijtimoiy ko‘rsatkichlar sifatida respublika aholisi soni va uning tarkibida yoshlarning ulushi, aholi bandlik darajalari hamda yoshlarning bandlik darajalari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida birlamchi hamda ikkilamchi ma’lumot manbalaridan foydalanilgan. Dastlab yoshlar bandligini ta’minlash borasida mamlakat rahbari va vazirliklar tomonidan chiqarilgan eng so‘nggi qaror va farmonlar o‘rganilgan. So‘ngra, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida O‘zbekiston respublikasi aholi soni, yoshlar soni, jami aholi tarkibida yoshlarning ulushi o‘zgarish tendensiyalari yillar kesimida tahlil qilingan. Shuningdek, respublikada bandlik ko‘rsatkichlari, yoshlarning bandlikdagi ulushi qiyosiy tahlil qilingan. Yoshlar o‘rtasida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu so‘rovnoma orqali yoshlar bandligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar, ishga joylashish jarayonida yoshlar duch kelayotgan muammolar o‘rganilgan. Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida yoshlarning hissasi to‘g‘risida fikrlar hamda bandlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar o‘rganib chiqilgan. Tadqiqot davomida qiyosiy tahlil, dinamik tahlil va empirik tahlil usullaridan foydalanilgan bo‘lib, tahlil jarayonida jadvallar va grafiklar bilan ishlashda Excel dasturi qo‘llanilgan. So‘rovnoma Google Forms platformasida o‘tkazilgan.

bandlik, yoshlar, aholi, rivojlanish, omil, ma’lumot, tahlil, iqtisodiy, ijtimoiy, davlat siyosati, talab, taklif

Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.

Цитата алуу

APA 7
Tojiyeva, Muhabbatxon & Xolmatov, Umidjon (2025). YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH USTUVOR MASALA SIFATIDA. Қўқон университети хабарномаси, 14, 87-92.
GOST R 7.0.5
Tojiyeva, Muhabbatxon, Xolmatov, Umidjon YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH USTUVOR MASALA SIFATIDA // Қўқон университети хабарномаси. 2025. Т. 14. С. 87-92.
BibTeX
@article{muhabbatxon2025,
  author  = {Tojiyeva, Muhabbatxon and Xolmatov, Umidjon},
  title   = {YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH USTUVOR MASALA SIFATIDA},
  journal = {Қўқон университети хабарномаси},
  year    = {2025},
  volume  = {14},
  pages   = {87-92}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Tojiyeva, Muhabbatxon
AU  - Xolmatov, Umidjon
TI  - YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH USTUVOR MASALA SIFATIDA
JO  - Қўқон университети хабарномаси
PY  - 2025
VL  - 14
SP  - 87
EP  - 92
ER  -