Қўқон университети хабарномаси Том 14 (2025) · с. 195-198
KONSTRUKSION GRAMMATIKANING KOGNITIV TILSHUNOSLIKKA QO‘SHGAN HISSASI VA FARQLARI
Komilova, Malikaxon
Аннотация
Ushbu maqolada zamonaviy lingvistika yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan konstruksion grammatika hamda kognitiv tilshunoslik o‘rtasidagi uyg‘unlik va farqlar tahlil qilinadi. Konstruksion grammatika “konstruksiya”ni asosiy lingvistik birlik sifatida qarar ekan, so‘z, so‘z birikmasi va grammatik shakllarning shakl-semantik xususiyatlarini chuqur o‘rganishni maqsad qiladi. Kognitiv tilshunoslik esa bu shakllar ortida yotgan bilish jarayonlari, metafora va metonimiyaga asoslangan ma’no transferlari, madaniy kontekst hamda konseptual strukturalarni sharhlaydi. Mazkur uyg‘unlashuv tilda kuzatiladigan o‘zaro bog‘liq jarayonlarning to‘liq va izchil tahlil qilinishiga xizmat qiladi. Konstruksion yondashuv real nutq strukturalarining vazifaviy va funksional tomonlarini yoritib bersa, kognitiv yondashuv ularning mental asoslarini izohlashni taklif etadi. Natijada tilshunoslikdagi nazariy ko‘lam yanada kengayib, kommunikativ jarayonning shakl-semantik va bilish-ma’no jihatlari yaxlit holda tadqiq etilishiga imkon yaratiladi. Bunday integratsiya orqali lingvistik xulosalarni madaniy, psixologik va ijtimoiy omillar bilan ham bog‘lash imkoni tug‘iladi, natijada til fenomenining murakkab tabiatini yaxlit tarzda tushunish imkoniyati aniq ifodalanadi.
konstruksion grammatika, kognitiv tilshunoslik, konstruksiya, bilish jarayonlari, metafora, metonimiya, konseptual model, diskurs, shakl-semantik birlik, madaniy kontekst
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.