Қўқон университети хабарномаси Volume 14 (2025) · pp. 214-216
BIR MAVZUNING TURFA TALQINLARI
Raimova, Hilola
Abstract
Mazkur maqolada Amiriy va Xorazm ijodkorlari, ularning asarlari ma’lum darajada tahlil qilingan. Qo‘qon adabiy muhitining asoschisi Amiriy ijodining mavzu ko‘lami, ifoda tarzi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Xorazm adabiy muhiti vakillarining Amiriy murojaat qilgan mavzularga munosabati xususidagi mulohazalar bayon etilgan. Mumtoz adabiyotdagi azaliy obrazlar va ularga ifodalangan ma’nolar Qo‘qon adabiy muhiti asoschisi Amiriy ijodi va Xorazm shoirlari ijodi misolida ko‘rib chiqilgan. Jumladan, Muhammad Rahimxon Feruz, Otaniyoz Niyoziy, Avaz, Munis kabi ijodkorlarning Amiriy ijodiga hamohang baytlari qiyoslangan va o‘ziga xos jihatlari keltirib o‘tilgan. Mazkur ijodkorlarning Majnun, Hizr kabi azaliy obrazlarga yuklagan ma’nolari tahlil qilingan. Tahlilga olingan asarlarda ma’shuqaning har doimgidek jafokashligi, oshiqqa nisbatan e’tiborsizligi, raqiblarni diydor ila siylashi haqidagi azaliy fikrlar keltirib o‘tilgan.
Adabiy muhit, mavzu, mohiyat, mumtoz adabiyot, oshiq, mashuqa, raqib, folklor, folklorizm, obraz, zohid, tasavvuf, ilohiy ishq, lirik qahramon, izdoshlik.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.