Қўқон университети хабарномаси Том 15 (2025) · с. 21-25
YALPI ICHKI MAHSULOTNI YAKUNIY ISTE’MOL USULIDA HISOBLASHDAGI MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI
Farmonov, Ilhomjon
Аннотация
Ushbu maqolada yalpi ichki mahsulotni yakuniy iste’mol usulida hisoblashda uchraydigan metodologik va amaliy muammolar tahlil qilingan hamda ularni bartaraf etishning zamonaviy yondashuvlari asoslantirilgan. Tadqiqot davomida yakuniy iste’mol elementlarining statistik qamrovi, norasmiy sektorning e’tibordan chetda qolishi, hisob-kitoblarda qo‘llanilayotgan deflator indekslarining noaniqligi va iste’mol tarkibidagi tafovutlar aniqlangan. Xalqaro tajriba va milliy hisoblar tizimiga tayanilgan holda, raqamli iqtisodiyot vositalari yordamida yakuniy iste’molni real vaqt rejimida monitoring qilish, raqamlashtirilgan to‘lovlar asosida iste’mol xarakterini tahlil qilish, shuningdek, statistik metodologiyani takomillashtirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqildi. Mazkur ilmiy ish iqtisodiy rejalashtirish va makroiqtisodiy siyosatni samarali yuritish uchun ishonchli metodologik asos yaratishga qaratilgan.
YaIM, yakuniy iste’mol usuli, milliy hisoblar tizimi, norasmiy sektor, deflyator ko‘rsatkichlari, statistik aniqlik, makroiqtisodiy tahlil, raqamli monitoring, iqtisodiy rejalashtirish, xalqaro metodologiya.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.