Қўқон университети хабарномаси Volume 15 (2025) · pp. 138-141
O‘ZBEKISTONDA MASOFAVIY TA’LIM JARAYONIDA PEDAGOGIK KOMMUNIKATSIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH OMILLARI
Xasanova, Mohimbegim
Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekistonda masofaviy ta’lim tizimi doirasida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi pedagogik kommunikatsiyaning samaradorligini oshirish omillari kompleks tarzda tahlil qilingan. Asosiy e’tibor onlayn ta’lim jarayonlarida yuzaga keladigan muloqot shakllari, o‘zaro axborot almashinuvi samaradorligi, interaktiv usullardan foydalanish imkoniyatlari, o‘zbek tilidagi elektron ta’lim resurslarining sifati va ulardan foydalanish darajasi kabi jihatlarga qaratilgan. Shuningdek, pedagoglarning raqamli savodxonligi, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish ko‘nikmalari hamda masofaviy o‘qitish jarayonida kommunikatsiya madaniyatida yuz berayotgan o‘zgarishlar chuqur tahlil etilgan. Tadqiqotda masofaviy ta’limning sifatini oshirish, ishtirokchilarning o‘zaro hamkorligini mustahkamlash hamda ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham ilgari surilgan.
masofaviy ta’lim, pedagogik kommunikatsiya, interaktivlik, o‘zbek tilidagi resurslar, kommunikatsiya madaniyati
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.