Қўқон университети хабарномаси 14-том (2025) · 262-265-беттер
KICHIK BIZNES SUBYEKTLARINI RAQAMLASHTIRISH ORQALI IQTISODIY JINOYATLARNI OLDINI OLISH IMKONIYATLARI
Yunusov, Marat Erkinovich
Аңдатпа
Ushbu tadqiqot O‘zbekistonda kichik biznes subyektlarini raqamlashtirish jarayonining iqtisodiy jinoyatlarni, xususan soliqdan qochish va xufyona iqtisodiyot faoliyatini oldini olishdagi rolini har tomonlama o‘rganishga bag‘ishlangan. So‘nggi yillarda mamlakatda raqamli texnologiyalarni, jumladan, onlayn nazorat-kassa mashinalari, elektron hisobvaraq-fakturalar va avtomatlashtirilgan soliq hisoboti tizimlarini joriy etish iqtisodiy munosabatlarda shaffoflikni oshirishning asosiy vositasi sifatida qaralmoqda. Maqolada raqamlashtirishning moliyaviy operatsiyalarni kuzatish, tranzaksiyalarning to‘liq va haqqoniy aks ettirilishini ta’minlash hamda soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish orqali jinoiy faoliyat uchun imkoniyatlarni qanday cheklashi tahlil qilinadi. Tadqiqot aralash metodologiyaga asoslangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019–2024 yillardagi statistik ma’lumotlarining miqdoriy tahlili hamda kichik biznes vakillari, soliq organlari xodimlari va iqtisodiy ekspertlar bilan o‘tkazilgan yarim-tuzilmali intervyularning sifat tahlilini o‘z ichiga oladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, raqamlashtirish darajasining ortishi soliq tushumlarining, ayniqsa qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha, sezilarli darajada o‘sishi bilan bog‘liq. Biroq, raqamli savodxonlikning pastligi, texnologiyalarni joriy etishdagi dastlabki xarajatlar va kiberxavfsizlik tahdidlari kabi muammolar ham mavjud.
raqamlashtirish, iqtisodiy jinoyatlar, kichik biznes, xufyona iqtisodiyot, soliq nazorati, moliyaviy texnologiyalar, elektron hisobvaraq-faktura.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.