Қўқон университети хабарномаси Том 16 (2025) · с. 5-8
FIZIKA FANIDAN MASALALAR YECHISHDA VIRTUAL REALLIK (VR) TEXNOLOGIYALARINING TA’SIRI
Soyibnazarov, Abbosjon
Аннотация
Ushbu maqola fizika fanidan masalalar yechish jarayonida virtual reallik (VR) texnologiyalarining umumta’lim maktablarda ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Hozirgi kunda ta’lim tizimida raqamli vositalar, xususan, VR texnologiyalaridan foydalanish o‘quv jarayonini yanada interaktiv, samarali va tushunarli qilish imkonini bermoqda. Fizika fani murakkab nazariy tushunchalar va amaliy hisob-kitoblarni talab qilgani sababli, virtual muhit orqali tajribalarni ko‘rish, modellashtirish va natijalarni tahlil qilish o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini, muammoli vaziyatni hal etish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Tadqiqotda VR qurilmalari yordamida yaratilgan virtual laboratoriyalar, 3D modellar va tajribaviy simulyatsiyalar misolida masala yechishning yangi usullari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, VR asosida tashkil etilgan darslar an’anaviy usullarga nisbatan o‘quvchilarning qiziqishini oshirishi, mavzuni chuqur anglash va o‘zlashtirish darajasini yuksaltirishi ilmiy jihatdan asoslanadi. O‘tkazilgan kuzatuv va tajribalardan ma’lum bo‘ldiki, VR texnologiyalaridan muntazam foydalanish fizik masalalarni mustaqil yechish, tajribalar natijasini tahlil qilish va mantiqiy xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini sezilarli darajada kuchaytiradi. Maqolada O‘zbekiston umumta’lim maktablarida VR texnologiyalarini joriy etishning istiqbollari, metodik yondashuvlar va amaliy tavsiyalar ham bayon etilgan. Mazkur tadqiqot natijalari fizika ta’limini modernizatsiya qilish, raqamli ta’lim muhitini kengaytirish hamda o‘quvchilarda ilmiy-tadqiqot ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
virtual reallik, fizika, o‘quvchilar faolligi, umumta’lim, pedagogika, AKT
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.