Қўқон университети хабарномаси 16-jild (2025) · 9-11-betlar
KICHIK KORXONALARDA SOLIQ HISOBINING TASHKIL ETILGANLIK JARAYONLARI
Po‘latov, Sherzodbek
Annotatsiya
Ushbu maqolada kichik korxonalarda soliq hisobining tashkil etilganlik jarayonlari, uning me’yoriy-huquqiy asoslari hamda amaliyotdagi muammolari tahlil qilingan. Kichik biznes subyektlari iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi sifatida mamlakat yalpi ichki mahsulotini shakllantirishda, yangi ish o‘rinlari yaratishda va byudjet daromadlarini to‘ldirishda muhim o‘rin egallaydi. Shu sababli, ularning soliq hisobini to‘g‘ri tashkil etish, hisob-kitoblarda shaffoflikni ta’minlash hamda soliq yukini maqbullashtirish dolzarb masalalardan biri sanaladi. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasida kichik korxonalar uchun joriy etilgan soliq tizimining afzalliklari va kamchiliklari tahlil etilib, bu jarayonda raqamli texnologiyalar va avtomatlashtirilgan hisob tizimlarining ahamiyati yoritilgan. Muallif kichik korxonalarda soliq hisobini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham ilgari surgan.
Kichik korxona, soliq hisobi, soliq tizimi, soliq ma’murchiligi, raqamli texnologiyalar, shaffoflik, byudjet daromadlari.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.