Қўқон университети хабарномаси Том 16 (2025) · с. 22-27

XITOY DAVLATINING JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A’ZOLIGI VA IQTISODIY O‘SISHGA TA’SIRINING EKONOMETRIK TAHLILI

Abdullayev, Axrorjon

Читать на сайте источника PDF

Аннотация

Ushbu maqolada Xitoy Xalq Respublikasining Jahon Savdo Tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishi mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga ko‘rsatgan ta’siri keng qamrovli iqtisodiy-statistik va ekonometrik yondashuvlar orqali tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida Xitoy iqtisodiyoti 1978–2000 yillar JSTga a’zolikdan oldingi davr va 2001–2024 yillar JSTga a’zolikdan keyingi davrga bo‘linib, har ikkisi uchun alohida ko‘p omilli regressiya modellari tuzilgan. Ushbu metodologiya orqali iqtisodiy o‘sishga ta’sir qiluvchi asosiy omillar aniqlanib, ularning kuchi va yo‘nalishi baholanadi. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining YAIMdagi ulushi, uning iqtisodiy o‘sishga qo‘shgan hissasi hamda JST a’zoligidan keyingi strukturaviy o‘zgarishlardagi roli alohida e’tiborda o‘rganilgan. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, JSTga a’zolik Xitoy iqtisodiyotida chuqur transformatsion jarayonlarni boshlab bergan: eksport hajmi kengaygan, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasi tez sur’atlar bilan rivojlangan, qishloq xo‘jaligi esa nisbatan sekinroq o‘sish sur’atlarini namoyon qilgan. Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi hali ham Xitoyning oziq-ovqat xavfsizligi va ijtimoiy barqarorligida muhim rol o‘ynab kelmoqda. Tadqiqot jarayonida R dasturlash tilidan foydalanilgan bo‘lib, bu natijalarni yuqori aniqlikda olish imkonini bergan. Olingan xulosalar nafaqat Xitoy iqtisodiy siyosatini tahlil qilishda, balki JSTga qo‘shilishni maqsad qilayotgan rivojlanayotgan davlatlar uchun ham amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda foydali hisoblanadi. Mazkur tadqiqot milliy iqtisodiyotlarning globallashuv sharoitida qanday moslashuvchan strategiyalarni tanlashi kerakligini ko‘rsatib beradi hamda JST a’zoligining uzoq muddatli ijobiy va salbiy oqibatlarini anglash uchun nazariy va metodologik asos yaratadi.

Xitoy, JST, qishloq xo‘jaligi, yalpi ichki mahsulot, ekonometrik tahlil, regressiya modeli, R dasturi, iqtisodiy o‘sish, sektorlararo tahlil, prognoz.

Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.

Цитировать

APA 7
Abdullayev, Axrorjon (2025). XITOY DAVLATINING JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A’ZOLIGI VA IQTISODIY O‘SISHGA TA’SIRINING EKONOMETRIK TAHLILI. Қўқон университети хабарномаси, 16, 22-27.
GOST R 7.0.5
Abdullayev, Axrorjon XITOY DAVLATINING JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A’ZOLIGI VA IQTISODIY O‘SISHGA TA’SIRINING EKONOMETRIK TAHLILI // Қўқон университети хабарномаси. 2025. Т. 16. С. 22-27.
BibTeX
@article{axrorjon2025,
  author  = {Abdullayev, Axrorjon},
  title   = {XITOY DAVLATINING JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A’ZOLIGI VA IQTISODIY O‘SISHGA TA’SIRINING EKONOMETRIK TAHLILI},
  journal = {Қўқон университети хабарномаси},
  year    = {2025},
  volume  = {16},
  pages   = {22-27}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Abdullayev, Axrorjon
TI  - XITOY DAVLATINING JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A’ZOLIGI VA IQTISODIY O‘SISHGA TA’SIRINING EKONOMETRIK TAHLILI
JO  - Қўқон университети хабарномаси
PY  - 2025
VL  - 16
SP  - 22
EP  - 27
ER  -