Қўқон университети хабарномаси Том 16 (2025) · с. 60-65
ZIYORAT TURIZMI XIZMATLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA MARKETING STRATEGIYALARINING AHAMIYATI
Soxibova, Muslimaxon
Аннотация
Globallashuv jarayonlari turizm sohasida tub o‘zgarishlarga sabab bo‘layotgan bir paytda, marketing strategiyalari ziyorat turizmi xizmatlarining samaradorligini oshirishda muhim o‘rin egallaydi. Ziyorat turizmining dolzarbligi, avvalo, uning insonlarning ruhiy-ma’naviy ehtiyojlariga moslashish qobiliyati hamda mamlakatlarning xalqaro turizm makonida ijobiy imijini shakllantirishdagi strategik ahamiyatida namoyon bo‘ladi. Ushbu maqolada ziyorat turizmi xizmatlarini targ‘ib qilishda zamonaviy marketing yondashuvlaridan foydalanish, maqsadli auditoriyani aniqlash va ularga individual xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatlari tahlil qilindi. Marketing strategiyalari asosida turistlar ehtiyojlarini chuqur o‘rganish, raqobatchilarni tahlil qilish, innovatsion reklama vositalarini qo‘llash hamda qaror qabul qilish jarayonlarini optimallashtirish orqali xizmatlar samaradorligini oshirish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi. Shuningdek, maqolada marketing strategiyalarini joriy etishdagi xizmat sifati va axborot xavfsizligi masalalari muhokama qilindi.
ziyorat turizmi, marketing strategiyalari, xizmatlar samaradorligi, innovatsion yondashuvlar, turistlar ehtiyojlari, raqobatbardoshlik, axborot xavfsizligi, jahon tajribasi.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.