Қўқон университети хабарномаси Ҷилди 16 (2025) · Саҳифаҳои 122-124
SHARH NUTQIY JANRINING GENRISTIK BELGILARI: MEDIA PARAMETRLARI YUZASIDAN TAHLILIY YONDASHUV
Ismoilova, Odinaxon
Аннотатсия
Mazkur maqolada internet nutqining janr xususiyatlari tilshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil etiladi. Tadqiqotda rus va xorijiy olimlarning internet diskursi, xususan, sharh janri bo‘yicha olib borgan izlanishlari ko‘rib chiqiladi. Sharh janrining virtual matbuotda alohida o‘rin tutishi, uning an’anaviy matbuotdan farqlari, interaktivlik, interfeys, gipermatnlilik kabi media parametrlar asosida tahlil qilinadi. L.Yu.Shipitsina tomonidan taklif etilgan kompyuter vositachiligidagi aloqa janr modeli asosida internet kommentariyalarining pragmatik, struktur-semantik, stilistik-lingvistik xususiyatlari aniqlanadi. TUT.by axborot portalidagi faktik materiallar asosida sharh janrining gibrid va mustaqil shakllari o‘rganiladi. Internet sharhlari zamonaviy media janrining murakkab, ko‘p qatlamli shakli sifatida baholanib, axborot almashinuvi va jamiyatdagi faollikni oshirishdagi roli ta’kidlanadi.
Sharh nutqiy janri, kompyuter vositachiligidagi aloqa janr modeli, janr xususiyatlari, interfeys, interaktivlik, gipermatnlilik, multimedia, sinxronlik/asinxroniya, kommunikatorlar soni, pragmatik parametrlar, jo‘natuvchi va qabul qiluvchining turi, xronotop xususiyatlar, stilistik va lingvistik parametrlar, heterojenlik.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.