Қўқон университети хабарномаси 16-tom (2025) · 129-130-betler
TURLI NAVDAGI NOK MEVALARINING ASOSIY BIOKIMYOVIY KO‘RSATKICHLARI TAHLILI
Parpiyeva, Gulmira, Xoshimov, Farxodjon
Annotaciya
Bugungi kunda dunyo aholisi sonining ortib borishi bilan bir vaqtda atrof muhitning ifloslanishi va inson organizmi uchun foydali bo‘lgan tabiiy oziq-ovqat mahsulotlarga bo‘lgan talab ham ortib bormoqda. Shu munosabat bilan tarkibida tabiiy detoksikant-pektin moddasi bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish juda muhimdir. Pektin moddasi meva va sabzavotlar tarkibida turli qismlarida va har xil miqdorda mavjud bo‘lib, ularni biokimyoviy ko‘rsatkichlarini bilish va aniqlash muhim hisoblanadi. Urug‘li mevalar orasida olma va nok mevalari tarkibidagi biologik faol moddalar xususan, pektin moddasiga boyligi bilan boshqa mevalardan ajralib turadi. Pektin moddasi polisaxarid bo‘lib, barcha yashil o‘simliklarning hujayra devorida, meva po‘chog‘ida va urug‘ qobig‘i atrofida turli miqdorlarda protopektin, eruvchan pektin va pektat kislota shaklida uchraydi.
Pektin moddasi, funksional oziq-ovqat, tabiiy detoksikant, biokimyoviy tarkib, eruvchan pektin, oshlovchi modda, quruq moddalar.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.