Қўқон университети хабарномаси 16-том (2025) · 131-135-беттер
TADBIRKORLIK VA KICHIK BIZNESNING IQTISODIY KATEGORIYA SIFATIDAGI MOHIYATI VA MAZMUNI
Muxammadjonov, Jasurbek
Аңдатпа
Mazkur maqolada tadbirkorlik va kichik biznesning iqtisodiy kategoriya sifatidagi mohiyati hamda zamonaviy iqtisodiy tizimdagi oʻrni ilmiy-nazariy jihatdan har tomonlama tahlil qilingan. Maqolada tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy kategoriya sifatida shakllanish jarayonini yoritilib, uning tarixiy rivojlanish bosqichlari, mehnat taqsimoti, mulkchilik shakllari va bozor munosabatlari bilan uzviy bogʻliqligi asoslab berilgan. Shu bilan birga, tadbirkorlikning iqtisodiy tizimdagi funksiyalari, ya’ni ishlab chiqarishni diversifikasiya qilish, yangi ish oʻrinlari yaratish, raqobat muhitini kuchaytirish va innovatsion jarayonlarni faollashtirishdagi roli tahlil etilgan. Maqolada kichik biznesning iqtisodiy oʻsish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdagi ahamiyati, uni rivojlantirishning tashkiliy-huquqiy asoslari hamda davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari alohida yoritilgan. Tadqiqot natijalari tadbirkorlik muhitini yaxshilash, institusional tizimni takomillashtirish va innovatsion faoliyatni ragʻbatlantirish milliy iqtisodiyot barqaror rivojlanishining asosiy omili ekanligini koʻrsatadi. Xulosaga koʻra, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish orqali jamiyatda iqtisodiy faollik va ijtimoiy farovonlikni ta’minlash mumkin.
tadbirkorlik, kichik biznes, iqtisodiy kategoriya, bozor munosabatlari, mulkchilik shakllari, innovatsiya, raqobat muhiti, davlat qoʻllab-quvvatlovi, institusional tizim, iqtisodiy oʻsish, barqaror rivojlanish, ijtimoiy farovonlik.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.