Қўқон университети хабарномаси Volume 16 (2025) · pp. 136-139
EGRA DASTURI ASOSIDA O‘QUVCHILARNING O‘QISH SAVODXONLIGIDAGI MUAMMOLARNI ANIQLASH VA BARTARAF ETISH METODIKASI
Davlatova, Saida
Abstract
Ushbu maqolada EGRA (Early Grade Reading Assessment) dasturi asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholash va ularning o‘qishdagi muammolarini bartaraf etish metodikasi yoritilgan. Tadqiqotda Toshkent shahri va viloyatlardagi umumta’lim maktablarida 120 nafar o‘quvchi ishtirokida o‘tkazilgan diagnostik testlar asosida o‘qish tezligi, aniqligi va tushunish darajasi o‘lchandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, o‘quvchilarning o‘qish tezligi o‘rtacha 52 so‘z/minutni tashkil etib, bu EGRA xalqaro standartlaridan past. Eng ko‘p qiyinchiliklar matn mazmunini tushunish bosqichida kuzatildi. Maqolada EGRA natijalaridan ta’lim jarayonini tahlil qilish, individual yondashuvni kuchaytirish, o‘qituvchilar uchun diagnostik treninglar tashkil etish va raqamli baholash vositalarini joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston ta’lim tizimida o‘qish savodxonligini rivojlantirish, baholashni takomillashtirish hamda xalqaro baholash tizimlariga integratsiya qilish uchun ilmiy asos yaratadi.
EGRA, o‘qish savodxonligi, boshlang‘ich ta’lim, diagnostik baholash, fonematik anglash, o‘qish tezligi, semantik o‘qish, o‘qituvchi kompetensiyasi, formativ baholash, ta’lim sifati, raqamli baholash tizimi, USAID, xalqaro tajriba.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.