Қўқон университети хабарномаси Ҷилди 16 (2025) · Саҳифаҳои 176-178
RAQAMLI HIKOYA YARATISHNI MAKTABGACHA TA’LIMGA INTEGRATSIYA QILISH: KICHIK YOSHDAGI BOLALARDA IJODKORLIK, MULOQOT VA EMOTSIONAL INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH
Eraliyeva, Zamira
Аннотатсия
Ushbu tadqiqotda maktabgacha ta’lim jarayoniga raqamli hikoya yaratish (digital storytelling) metodini integratsiya qilish orqali bolalarda ijodkorlik, muloqot va emotsional intellektni rivojlantirish samaradorligi o‘rganildi. Tadqiqot 2024-2025 o‘quv yili davomida Farg‘ona viloyatidagi 6 ta maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilib, 120 nafar 5–6 yoshli bola va 12 nafar tarbiyachi ishtirok etdi. Aralash metodologiya asosida test, kuzatuv va suhbat usullari qo‘llanildi. Natijalarga ko‘ra, raqamli hikoyalash usuli bolalarning og‘zaki nutq faoliyatini 27 foizga, ijodiy fikrlashini 31 foizga hamda emotsional anglash darajasini 22 foizga oshirgan. Shuningdek, bolalarda tasavvur, hamkorlik va his-tuyg‘ularni ifodalash ko‘nikmalari sezilarli rivojlandi. Tadqiqot xulosalariga ko‘ra, raqamli hikoya yaratish maktabgacha yoshdagi bolalarda XXI asr kompetensiyalarini shakllantirishda samarali vosita bo‘lib, O‘zbekistonning “Raqamli ta’lim – 2030” strategiyasi talablari va maktabgacha ta’lim tizimini modernizatsiya qilish maqsadlariga to‘liq mos keladi.
raqamli hikoya, maktabgacha ta’lim, ijodkorlik, muloqot, emotsional intellekt, raqamli kompetensiya.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.