Қўқон университети хабарномаси Том 16 (2025) · с. 179-183
O‘ZBEKISTONDA TO‘G‘RIDAN-TO‘G‘RI XORIJIY INVESTITSIYALAR DINAMIKASI VA ULARNING IQTISODIY O‘SISHGA TA’SIRI (2016–2025 yillar tahlili)
Bakiyeva, Iroda
Аннотация
Mazkur maqolada 2016–2025 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning rivojlanish tendensiyalari, ularning hajmi va iqtisodiy o‘sish jarayonlariga ko‘rsatayotgan ta’siri har tomonlama tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida rasmiy statistik ma’lumotlar asosida investitsiyalarning yillar kesimidagi o‘sish dinamikasi, tarmoqlar va hududlar bo‘yicha taqsimoti, yalpi ichki mahsulotdagi (YAIM) ulushi hamda iqtisodiy samaradorlikni aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar regressiya tahlili orqali baholangan. Shu bilan birga, mamlakat investitsiya muhitini yanada yaxshilash, xorijiy sarmoyadorlar uchun qulay shart-sharoit yaratish, investitsiyalarni jalb etish va rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, investitsiya siyosatining samaradorligi, iqtisodiy o‘sish, yalpi ichki mahsulot, investitsiya muhiti, kapital oqimi, investitsiya sektori, iqtisodiy integratsiya
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.