Қўқон университети хабарномаси 16-том (2025) · 184-186-беттер
MUSOXONXOJA DAHBIDIY ASARLARIDA XOJAGON-NAQSHBANDIYA TA’LIMOTIDAGI RASHHALARNING TAHLILI
Yuldashxodjayev, Haydar
Аңдатпа
Ushbu maqolada Naqshbandiya–Mujaddidiya tariqatining yirik namoyandalaridan biri bo‘lgan Musoxon Dahbidiyning tasavvufiy qarashlari, xususan, uning “komil inson” tushunchasiga bergan o‘ziga xos talqinlari tahlil etiladi. Muallif o‘z asarlarida inson kamolotiga erishish jarayonini nafaqat individual ruhiy poklanish, balki jamiyat kamoliga xizmat qiluvchi ijtimoiy-axloqiy hodisa sifatida ko‘rsatadi. Dahbidiy tafakkurida “komil inson” g‘oyasi Naqshbandiya ta’limotining asosiy tamoyillari — “dil ba yoru, dast ba kor”, “xilvat dar anjuman”, “safar dar vatan” kabilar bilan uzviy bog‘liq holda yoritiladi. Maqolada shuningdek, mutasavvifning “komil jamiyat” haqidagi qarashlari, insondagi “noqislik” va “kamolot” tushunchalarining falsafiy mohiyati ham tahlil qilinadi. Musoxon Dahbidiy inson yaratilishining ilohiy maqsadini, ruh va jism birligining sirlarini sharhlab, har bir muridning kamolot sari intilishi orqaligina jamiyat taraqqiyotiga zamin yaratilishini ta’kidlaydi. Muallif asarlarida pirlik va shayxlik maqomiga ham alohida e’tibor qaratib, ushbu darajani “eng mukammal maqom”, ya’ni ilohiy haqiqatga yaqinlashgan, boshqalarga yo‘l ko‘rsatuvchi yetuk inson holati sifatida talqin etadi. Maqola Musoxon Dahbidiy merosi misolida Naqshbandiya–Mujaddidiya ta’limotining inson va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, hamda zamonaviy ma’naviy hayot uchun ahamiyatini ochib beradi.
hadis, shariat, sufiy, irfon, komil inson, komil jamiyat, noqislik, “kamolot”, odamning yaratilshi, nafs, mushohada, tajalliy.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.