Қўқон университети хабарномаси 16-tom (2025) · 190-193-betler
TEXNIK TERMINLARNI O‘RGATISHDA WIKI-LUG‘AT LOYIHALARINING SAMARADORLIGI
Qodirova, Nargiza
Annotaciya
. Mazkur tadqiqot texnik yo‘nalish talabalari uchun ingliz tilidagi terminlarni o‘rganishda Wiki-lug‘at loyihalarining samaradorligini aniqlashga bag‘ishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi – talabalarning terminlarni faqat yodlab emas, balki kontekstda tahlil qilib, ularni mustaqil nutq jarayonida qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Ish Farg‘ona davlat texnika universitetida 40 nafar talaba ishtirokida olib borildi. Metodologiyada test, so‘rovnoma, kontent-tahlil va refleksiya usullari uyg‘un qo‘llanildi. Tajriba davomida talabalar “Wiktionary”, “WikiEdu” va “WikiEngineering” platformalarida o‘z terminologik bazasini yaratishdi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, tajriba guruhi ishtirokchilari terminlarni to‘g‘ri qo‘llash, tahlil qilish va izohlashda nazorat guruhiga nisbatan sezilarli darajada yuqori natijalarga erishgan. Wiki-lug‘atlar o‘qitish jarayonini jonlantirib, talabalarda mustaqil fikrlash, muloqot, tahlil va ijodiy tafakkur ko‘nikmalarini rivojlantirgan. Tadqiqot xulosasiga ko‘ra, Wiki-lug‘atlar texnik ingliz tili ta’limida innovatsion, interaktiv va motivatsion o‘qitish modeli sifatida samarali natija beradi.
Wiki-lug‘at, texnik terminologiya, raqamli ta’lim, hamkorlikda o‘rganish, konstruktivizm, lingvistik kompetensiya, psixolingvistika, kommunikativ yondashuv, innovatsion metodika.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.