Қўқон университети хабарномаси 16-том (2025) · 194-197-беттер
BOLALAR ADABIYOTI MATNLARINING VERBAL, VIZUAL VA MULTISEMIOTIK XUSUSIYATLARI
Xudoyberganova, Sevara
Аңдатпа
Mazkur maqolada bolalar adabiyoti matnlarining verbal, vizual va multisemiotik xususiyatlari lingvosemiotik nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Tadqiqotda matnning ma’no hosil qilish mexanizmi til birliklari, rasm, rang va shakl o‘zaro uyg‘unligi asosida o‘rganildi. G. Kress, T. van Leeuwen, M.A.K. Halliday hamda L.S. Vygotskiylarning ijtimoiy-semiotik qarashlari nazariy asos sifatida qo‘llanildi. O‘zbek va ingliz bolalar adabiyotiga mansub 20 ta asar misolida verbal qatlamning semantik yadro, vizual qatlamning esa hissiy kuchaytiruvchi omil sifatidagi roli tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, bolalar matnlarida verbal va vizual belgilar o‘zaro integratsiyada faoliyat yuritib, bola tafakkurida ko‘pkanalli idrokni shakllantiradi. Multisemiotik yondashuv matnni nafaqat o‘qish, balki his etish va talqin qilish jarayoniga aylantiradi. Tadqiqot natijalari bolalar adabiyotini o‘qitishda lingvosemiotik metodlarni qo‘llash zarurligini asoslaydi hamda bu yo‘nalishda yangi nazariy va amaliy ufqlarni ochadi.
bolalar adabiyoti, verbal qatlam, vizual matn, multisemiotika, lingvosemiotika, idrok, semiotik tizim, kognitiv yondashuv, estetik tafakkur.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.