Қўқон университети хабарномаси 15-том (2025) · 161-163-беттер
XX ASR SO‘NGGI CHORAGIDA BADIIY TAFAKKUR VA PEYZAJ LIRIKASIDAGI EVRILISHLAR
Jumanova, Shaxnozaxon
Аннотация
Ushbu tadqiqot XX asrning 70–90-yillari adabiy jarayonida sodir boʻlgan muhim oʻzgarishlarni, xususan, badiiy tafakkur va sheʼriyatning anʼanaviy janri boʻlgan peyzaj lirikasidagi evrilishlarni kompleks tahsil qilishga bagʻishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi – globallashuv, ekologik tanqid, madaniyatlararo almashinuv va postmodernistik tendensiyalar taʼsirida peyzaj lirikasining yangicha badiiy-falsafiy mazmun va shakllar bilan boyigan jarayonini ochib berishdir. Maqolada XX asr oxiriga kelib peyzaj lirikasida tabiat tasvirining soda koʻrinishdan chiqib, inson ruhiyati, ijtimoiy masalahar, metafizik va ekzistensial tafakkurning ifodasiga aylanganligi asoslanadi. Tabiat manzarasi endi nafaqat goʻzallik ob’ekti, balki tarixiy xotira, madaniy meros, ekologik xavotir va insonning ichki dunyosidagi qarama-qarshiliklarning ramziy koʻrinishiga aylanadi. Maqola XX asr soʻnggi choragidagi peyzaj lirikasini badiiy tafakkurning umumiy modernistik va postmodernistik yoʻnalishlarining aksi sifatida talqin qilib beradi va uning zamonaviy adabiyotdagi oʻrni va ahamiyatini ochishga uringan.
XX asr soʻnggi choragi, badiiy tafakkur, peyzaj lirikasi, evrilish (transformatsiya), metafizik tafakkur, estetik talqin, milliy ruh, postmodernism, ekologik tanqid, ramziylik.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.