Қўқон университети хабарномаси 16-том (2025) · 9-11-беттер
MANZUM ARBA’INLARDA XALQ OG‘ZAKI IJODI UNSURLARI
Muhammad Sobir, O‘tkirbek
Аңдатпа
Maqolada manzum arba’inlarda xalq og‘zaki ijodi unsurlarining qo‘llanishi, ularning badiiy-estetik va ma’rifiy funksiyalari tahlil qilinadi. Xalq maqollari, matallar, ertak va qo‘shiqlardagi obrazlar orqali zamonaviy shoirlar hadis mazmunlarini o‘ziga xos badiiy talqinda ifodalaganliklari ko‘rsatilgan. Jumladan, Abdulla Oripov, G‘ayrat Majid, Mansur Jumayev, Nоdira Afoqova va Sirojiddin Sayyid ijodidagi manzum hadislar misolida xalq donoligi bilan islomiy g‘oyalar uyg‘unligi yoritilgan. Mualliflar xalq maqollaridan nafaqat estetik go‘zallik, balki falsafiy, axloqiy va ijtimoiy mazmunni boyitish vositasi sifatida foydalanganliklari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada manzum arba’inlarda xalq og‘zaki ijodi unsurlarining diniy-ma’naviy qadriyatlar bilan mushtarakligi ochib beriladi.
manzum arba’in, xalq og‘zaki ijodi, maqol, hadis, badiiy talqin, islomiy qadriyat.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.