Қўқон университети хабарномаси 16-jild (2025) · 25-27-betlar
SIYOSIY DISKURSDA LINGVISTIK SHAXS VA UNING EMOTSIONAL-KOMMUNIKATIV STRATEGIYALARI
Komilova, Gulbahor
Annotatsiya
Ushbu maqolada siyosiy diskursda lingvistik shaxs fenomeni va uning emotsional-kommunikativ strategiyalarini tahlil qilishga qaratilgan ilmiy izlanish natijalari keltiriladi. Lingvistik shaxsning nutqdagi pozitsiyasi, emotsional baholash vositalari, ijtimoiy-psixologik ta’sir mexanizmlari va u orqali ishontirish jarayonining kommunikativ asoslari ko‘rsatib beriladi. Tadqiqotda siyosiy shaxslarning nutqi tahlil qilinib, ularning hissiy ohangi, metaforik tasvirlari, baholovchi birliklari va paralingvistik signallarining auditoriyaga ta’siri o‘rganilgan. O‘zbek va G‘arb siyosiy diskursi misolida lingvistik shaxsning emotsional profili hamda u orqali yaratiladigan ijtimoiy ishonch, birdamlik va ma’naviy rezonans mexanizmlari ochib beriladi. Maqolada diskursiv, pragmatik va lingvokulturologik yondashuvlar asosida shaxsning nutqiy identifikatsiyasi hamda siyosiy tilning emotsional resurslari yoritiladi.
lingvistik shaxs, siyosiy diskurs, emotsional baho, ishontirish, kommunikativ strategiya, metafora, intonatsiya, paralingvistika, auditoriya, lingvokulturologiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.