Қўқон университети хабарномаси 16-том (2025) · 53-55-беттер
NUTQ BUZILISHLARI TASNIFI
Abdurashidova, Komila
Аннотация
Maqola nutq buzilishlarining shakl va turlari, ularni aniqlash mezonlari hamda nutq buzilishlarining zamonaviy tasnifi, ularning lingvistik, psixologik va nevrologik omillar bilan bog‘liqligi hamda bolalar va kattalar nutq rivojlanishiga ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Nutq buzilishlarini tasniflashning ilmiy asoslari, tibbiy-pedagogik va psixolog-pedagogik yondashuvlar, og‘zaki va yozma nutq buzilishlari, shuningdek, ularning fonatsion va semantik-strukturaviy xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada og‘zaki nutq buzilishlari: disfoniya (afoniya), bradilaliya, taxilaliya, duduqlanish, dislaliya, rinolaliya, dizartriya, alaliya, afaziya; yozma nutq buzilishlari: disleksiya va disgrafiya shakllari tahlil qilingan. Shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalarda logopedik korreksiya ishlari va samarali pedagogik shartlar ta’kidlangan.
nutq buzilishlari, og‘zaki nutq, yozma nutq, disfoniya, dizartriya, alaliya, afaziya, disleksiya, disgrafiya, logopedik korreksiya.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.