Қўқон университети хабарномаси Volume 16 (2025) · pp. 63-65
YOSH AVLOD TARBIYASIDA MILLIY QADRIYATLARNING O‘RNI
Karshiyeva, Dilbar
Abstract
Ushbu maqolada barkamol avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashga oid dalillar va ularning nazariy asoslarini keltirgan. Yoshlarni barkamol inson qilib tarbiyalashda ajdodlar merosiga tayanish, ayniqsa milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash nihoyatda muhim ekanligi haqida so‘z boradi. Shuningdek, maqola yosh avlod tarbiyasida milliy qadriyatlarning ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda milliy qadriyatlarning shakllanishi, ularning ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyotga ta’siri, shuningdek, tarbiyaviy jarayonda qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Bundan tashqari, ota-ona, ta’lim muassasalari va jamoat institutlari orqali yosh avlodda milliy madaniyat, urf-odatlar va axloqiy me’yorlarni singdirishning samarali usullari yoritilgan. Shu bilan birga, maqola yoshlar orasida milliy qadriyatlarni mustahkamlash, ularni zamonaviy jamiyat talablari bilan uyg‘unlashtirish va ma’naviy barqaror shaxslar shakllantirish masalalarini muhokama qiladi. Tadqiqot natijalari milliy tarbiya strategiyalarini rivojlantirish va ta’lim tizimida samarali dasturlarni ishlab chiqish uchun amaliy tavsiyalar sifatida foydalanishga imkon beradi.
Urf-odat, ma’naviy boylik, aqlli, iymon-e’tiqodli, ro‘za, poklik, fidoyi, ishchan, milliy, kamolot.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.