Қўқон университети хабарномаси Ҷилди 16 (2025) · Саҳифаҳои 69-70
MATEMATIKA FANIDA ADAPTIV TEST TIZIMLARI
Abdullayeva, Ma’rifatxon
Аннотатсия
Ushbu maqola oliy ta’lim muassasalarida matematikadan xalqaro baholash tizimlari fanini chuqur o‘rganish va amaliy ahamiyatini keng miqyosda joriy etish maqsadida tahlil qilingan. Ushbu maqolada matematika ta’limida adaptiv test tizimlarining nazariy asoslari, tuzilishi va amaliy ahamiyati yoritiladi. Raqamli texnologiyalarning ta’lim jarayoniga chuqur kirib borishi natijasida o‘quvchilarning bilim darajasini aniq, tez va individual baholashga bo‘lgan ehtiyoj kuchaymoqda. An’anaviy testlar ko‘pincha baholashning ishonchliligini ta’minlay olmasa, adaptiv testlar o‘quvchining javobiga qarab topshiriq murakkabligini avtomatik ravishda moslashtiradi va shu orqali bilim darajasini aniq o‘lchash imkonini beradi. Maqolada Item Response Theory (IRT), Computerized Adaptive Testing (CAT) algoritmlari hamda ular klassik test nazariyasi (CTT) bilan taqqoslanadi. Shuningdek, F. Lord, G. Rasch, Wainer, Mislevy, van der Linden kabi xorijiy olimlar hamda B.S. Blum, S. Deakin, R.K. Woodlardlarning matematik adaptiv baholash bo‘yicha ilmiy ishlari tahlil qilinadi. O‘zbekiston tajribasi, xususan Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Milliy baholash markazi tashabbuslari ham yoritiladi. Tadqiqotda matematika fanida adaptiv testlardan foydalanishning afzalliklari – diagnostik aniqlikning oshishi, topshiriqlarni moslashtirish orqali o‘quvchining ortiqcha ruhiy yuklanishini kamaytirish, baholash vaqtining optimallashuvi hamda o‘quvchilarning qobiliyat darajalarini farqlash imkoniyati – asoslab beriladi. Adaptiv test topshiriqlarini tuzish prinsiplari, murakkablik darajalari bo‘yicha tasniflash va algoritmlarning ishlash jarayoni batafsil tushuntiriladi.
Xalqaro baholash, PIZA, SAT, adaptive test, matematikada baholash tizimlari.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.