Қўқон университети хабарномаси Том 16 (2025) · с. 81-83

“XOLDORXON” DOSTONIDA LEKSIK-SEMANTIK TAKRORNING LINGVOPOETIK VAZIFALARI

Yuldasheva, Zuhra

Читать на сайте источника PDF

Аннотация

Maqolada leksik takrorning “Xoldorxon” dostonidagi o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Ushbu maqolada Go‘ro‘g‘li turkumiga mansub “Xoldorxon” dostonidagi leksik-semantik takroriy shakllarning lingvopoetik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida epanalepsis, sinonimik va antonimik takror, halqasimon takror kabi birliklarning badiiy matndagi funksional o‘rni o‘rganildi. Takror san’ati doston nutqining musiqiyligi, ritmik uyg‘unligi va emotsional ta’sirchanligini ta’minlashda muhim vosita ekanligi asoslab berildi. Takror tushunchasi tilda ma’noni kuchaytirish, ta’kidlash, ta’sirchanlikni oshirish maqsadida ba’zi so‘z va unsurlarning qayta qo‘llanishiga nisbatan ishlatiladi. Takror va takroriylik adabiy matn tashqarisida, bizni qurshab turgan olamdagi jismlararo munosabatlarda ham mavjud. Hatto hayotimizning har qirrasida muntazamlikni ta’minlovchi, murakkablikni bartaraf qiluvchi beminnat vosita sifatida duch kelamiz. Takror keng ma’noda odam va olam bilan bog‘liq tushuncha va mavjudlikning nomi hisoblanadi. Dostondagi takrorlar orqali qahramonlar xarakteri, yaxshilik va yomonlik qarama-qarshiligi, jang manzaralarining dinamikasi kuchaytiriladi. “Xoldorxon” dostonining nasriy va she’riy qismlarida takrorlar o‘ziga xos stilistik yukni bajarib, epik nutqning badiiy-estetik qimmatini oshiradi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, leksik-semantik takroriy birliklar doston kompozitsiyasining uzviy qismi bo‘lib, folklor nutqining ritmik-intonatsion yaxlitligini ta’minlashga xizmat qiladi.

doston, “Xoldorxon” dostoni, takror, lingvopoetika, leksik takror.

Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.

Цитировать

APA 7
Yuldasheva, Zuhra (2025). “XOLDORXON” DOSTONIDA LEKSIK-SEMANTIK TAKRORNING LINGVOPOETIK VAZIFALARI. Қўқон университети хабарномаси, 16, 81-83.
GOST R 7.0.5
Yuldasheva, Zuhra “XOLDORXON” DOSTONIDA LEKSIK-SEMANTIK TAKRORNING LINGVOPOETIK VAZIFALARI // Қўқон университети хабарномаси. 2025. Т. 16. С. 81-83.
BibTeX
@article{zuhra2025,
  author  = {Yuldasheva, Zuhra},
  title   = {“XOLDORXON” DOSTONIDA LEKSIK-SEMANTIK TAKRORNING LINGVOPOETIK VAZIFALARI},
  journal = {Қўқон университети хабарномаси},
  year    = {2025},
  volume  = {16},
  pages   = {81-83}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Yuldasheva, Zuhra
TI  - “XOLDORXON” DOSTONIDA LEKSIK-SEMANTIK TAKRORNING LINGVOPOETIK VAZIFALARI
JO  - Қўқон университети хабарномаси
PY  - 2025
VL  - 16
SP  - 81
EP  - 83
ER  -