Қўқон университети хабарномаси Том 16 (2025) · с. 92-96
MILLIY TURISTIK XIZMATLAR BOZORI SAMARADORLIGINI STOXASTIK CHEGARAVIY TAHLIL USULIDA BAHOLASH
Janzakov, Bekzot
Аннотация
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi milliy turizm bozori miqyosida kiruvchi o‘zgaruvchilar: xonalar soni, xizmat ko‘rsatuvchilar soni va turistik transport vositalari soni asosida turistik xizmatlar eksporti natijaviy o‘zgaruvchi sifatida 2016-yildan 2024-yilgacha bo‘lgan davrda texnik samaradorlik ko‘rsatkichlari stoxastik chegaraviy tahlil usuli asosida hisoblandi va shu asosda samaradorlikni oshirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqildi. Ushbu maqolada O‘zbekiston turizm sanoatida texnik samaradorlikni baholash uchun stoxastik chegara tahlili (SCHT) metodologiyasi qo‘llanilgan. Kobb–Duglas turidagi ishlab chiqarish funksiyasi asosida 2016–2024 yillar kesimida turizm eksporti, xonalar soni, xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar soni va transport imkoniyatlari o‘rtasidagi iqtisodiy bog‘liqlik empirik tahlil qilingan. Natijalar transport omilining statistik jihatdan ahamiyatli ta’sir ko‘rsatmasligini, binobarin, sektor samaradorligiga bevosita hissa qo‘shmasligini ko‘rsatdi. Model diagnostikasi samaradorliksiz komponentning yuqori ulushga egaligini tasdiqlab, ishlab chiqarish parametrlaridagi tafovutlarning deyarli to‘liq ichki samarasizlik omillari bilan izohlanishini aniqladi. Texnik samaradorlik indekslari pandemiya yillarida keskin pasayib, keyingi davrda tiklanish tendensiyasini namoyon etdi. Tadqiqot natijalari turizm infratuzilmasi rivoji, boshqaruv sifatini oshirish va resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha siyosiy qarorlar qabul qilishda amaliy ahamiyatga ega.
Stoxastik chegaraviy tahlil, kiruvchi o‘zgaruvchi, chiquvchi o‘zgaruvchi, turizm bozori, texnik samaradorlik.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.