Қўқон университети хабарномаси 16-том (2025) · 112-114-беттер
ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNING BOLALAR ERTAK O‘QISH USLUBINI O‘ZGARTIRISHIGA TA’SIRI
Nasirova, Gulnora
Аннотация
Ushbu maqolada zamonaviy raqamli texnologiyalarning bolalar hikoya o‘qish madaniyatiga ta’siri, o‘quv jarayonidagi multimodal vositalarning roli va ular orqali shakllanayotgan yangi o‘qish tajribasi tahlil qilinadi. Raqamli o‘qish shakllari — elektron kitoblar, audiokitoblar, mobil ilovalar, interaktiv platformalar — bolalarning tasavvuri, kognitiv jarayonlari, motivatsiyasi va matn bilan o‘zaro munosabatini qanday o‘zgartirayotgani ilmiy manbalar asosida yoritiladi. 2000-yildan 2024-yilgacha chop etilgan mashhur bolalar asarlari (“Harry Potter”, “Diary of a Wimpy Kid”, “Percy Jackson”, “The Ickabog”, “Amari and the Night Brothers”, “Skandar and the Unicorn Thief”) misolida multimodal taqdimotning o‘qishga qiziqishni oshirishi, ijtimoiy-emotsional idrokni kuchaytirishi va o‘quvchini faol ishtirokchi sifatida jarayonga jalb qilishi ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, raqamli formatlarning ayrim cheklovlari — diqqatning chalg‘ishi, chuqur o‘qishning susayishi va vizual yuklamaning ortishi — ilmiy tadqiqotlar asosida tahlil qilinadi. O‘zbek bolalar adabiyotining raqamli talqinlari bo‘yicha misollar (ertaklarning audioversiyalari, mobil ilovalar, interaktiv hikoyalar) esa milliy tajribadagi yangi tendensiyalarni yoritadi. Maqola xulosasida bosma va raqamli vositalar o‘rtasida muvozanat saqlash, pedagogik nazoratni kuchaytirish va yoshga mos raqamli o‘qish strategiyalarini qo‘llash bolalar savodxonligini samarali rivojlantirishda muhim omil ekanligi ta’kidlanadi.
texnologiya, raqamli o‘qish, bolalar, hikoya o‘qish, elektron kitoblar, savodxonlik rivoji, multimodal o‘qish, qiziqish
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.