Қўқон университети хабарномаси 16-том (2025) · 123-125-беттер
TALABALARDA ILMIY IZLANISH MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI
Rustamova, Shoxista
Аннотация
Ushbu maqola talabalarda ilmiy izlanish madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tahlil qiladi. Maqolada ilmiy izlanish faoliyati kontsepsiyasi, talabalar faoliyatini tashkil etishning samarali usullari va texnologik yondashuvlarning roli ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada ilmiy izlanish madaniyatini rivojlantirishda interfaol va innovatsion pedagogik texnologiyalarning samaradorligi, ularni ta’lim jarayoniga integratsiya qilishning metodologik asoslari va natijalari o‘rganilgan. Ushbu maqolada talabalarda ilmiy izlanish madaniyatini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari, pedagogik texnologiyalar va ularning amaliy samaradorligi tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim tizimida ilmiy izlanish madaniyati talabalarning tanqidiy fikrlashi, mustaqil izlanish olib borishi, ijodiy yechimlar ishlab chiqishi va ilmiy etikaga amal qilish ko‘nikmalarini shakllantirishning muhim omili sifatida qaraladi. Tadqiqot interfaol pedagogik metodlar (guruhli loyihalar, debatlar, ilmiy muhokamalar) hamda innovatsion texnologiyalar (raqamli platformalar, virtual laboratoriyalar)ning talabalarda ilmiy izlanish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rnini o‘rganishga qaratilgan. Metodologik yondashuv doirasida nazariy tahlil, kuzatish, so‘rovnomalar, intervyular va pedagogik texnologiyalar integratsiyasidan foydalanildi. Tadqiqot natijalari interfaol va innovatsion metodlarning uyg‘un qo‘llanilishi talabalarning tanqidiy tahlil, mustaqil ilmiy faoliyat va ijodiy yondashuvini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatdi. Mualliflar Bai va Blackwell hamda Zhang yondashuvlari tahlili asosida pedagogik va texnologik integratsiya ilmiy izlanish madaniyatini kompleks rivojlantirishning eng samarali modeli ekanligi asoslab beriladi.
Talaba, ilmiy izlanish madaniyati, pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar, innovatsion yondashuvlar, ta’lim jarayoni, mustaqil ilmiy faoliyat.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.