Қўқон университети хабарномаси Том 16 (2025) · с. 146-149
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2012–2024 YILLAR DAVOMIDA TURISTIK OQIM DINAMIKASI TAHLILI
Ruziyev, Shohruzbek
Аннотация
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida 2012–2024 yillar davomida turistik oqimning shakllanishi va rivojlanish tendensiyalari vaqt qatori tahlili asosida o‘rganilgan. Tadqiqotda rasmiy statistik ma’lumotlar asosida turistik oqimning yillik dinamikasi, o‘zgarish sur’atlari, pandemiya davri ta’siri, shuningdek tiklanish bosqichlari chuqur tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, 2012–2016 yillarda turistik oqim nisbatan barqaror past sur’atda o‘sgan bo‘lsa, 2017–2019 yillarda liberallashtirilgan viza siyosati va turizm infratuzilmasidagi islohotlar natijasida keskin o‘sish kuzatilgan. 2020–2021 yillarda COVID-19 pandemiyasi tufayli sektor jiddiy qisqargan, biroq 2022 yildan boshlab tiklanish boshlangan va 2024 yilga kelib rekord darajaga yetgan. 2012–2024 yillar oralig‘ida o‘rtacha yillik tarkibiy o‘sish sur’ati (CAGR) 15,08 foizni tashkil etdi. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston turizm sektorining postpandemiya davrida yuqori tiklanish salohiyatiga ega ekanligini ko‘rsatadi hamda soha rivoji bo‘yicha strategik qarorlar qabul qilishda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Turizm oqimi, vaqt qatori tahlili, o‘sish sur’atlari, pandemiya ta’siri, turizm statistikasi, trend analizi, turistlar dinamikasi, O‘zbekiston turizmi, postpandemiya tiklanishi.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.