Қўқон университети хабарномаси Ҷилди 16 (2025) · Саҳифаҳои 150-152
O‘ZBEK TILIDAGI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI TUSHUNCHALARINI KOGNITIV-ONTOLOGIK ASOSDA TASNIFLASH
Jo‘raboyevich, Otabek
Аннотатсия
Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi axborot texnologiyalari (AT) tushunchalarini kognitiv-ontologik asosda kategoriyalash va tasniflash masalalari yoritilgan. Tadqiqotda tushunchalarning semantik chegaralari, ularning iyerarxik va fazetli aloqalari, shuningdek, konseptual tizimning shakllanish mexanizmlari tahlil qilinadi. Maqolada o‘zbek tilidagi AT tushunchalarining kategoriyalash va tasniflash jarayoni lingvistik, kognitiv va ontologik yondashuvlar kesishmasida tahlil qilinadi. AT terminlarining semantik tuzilishi funksional, shakllanish mexanizmlari va iyerarxik tamoyillar asosida guruhlanishi ko‘rsatilib, ularning kognitiv tizimda shakllanishi freym, prototip, ssenariy kabi mental strukturalar orqali asoslantiriladi. Tadqiqotda tilshunoslikdagi freym semantikasi, konseptual metafora nazariyasi, kognitiv fazo modeli hamda hisoblash ontologiyasi konsepsiyalari birlashtirilgan. O‘zbek kompyuter lingvistikasining rivojlanish bosqichlari, korpus va ontologik resurslar yaratilishi, WordNet, OntoLex-Lemon, RDF/OWL kabi formatlar bilan integratsiyasi yoritiladi. Natijada AT terminologiyasining fazetli iyerarxiyasi taklif etilib, apparat, dasturiy va ma’lumotlar moduli asosidagi giperonimik-meronimik struktura asosida konseptual model ishlab chiqiladi. Taklif etilgan yondashuv AT terminlarini tizimlashtirish, o‘zbek tilidagi texnik lug‘atlar tuzish, o‘quv materiallarini optimallashtirish va sun’iy intellekt tizimlarida semantik qidiruvni takomillashtirish uchun puxta nazariy-amaliy asos yaratadi.
Axborot texnologiyalari, kognitiv lingvistika, rasmiy ontologiya, hisoblash lingvistikasi, tushuncha, ramka, prototip, tasniflash, WordNet, terminologiya tizimi.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.