Қўқон университети хабарномаси Volume 16 (2025) · pp. 163-166
AXBOROT VA KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARI BADIIY-IJODIY QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISHDAGI O‘RNI
Pozilov, Hamidjon, Turg‘unova, Gulnoza, Mulaydinov, Farxod
Abstract
Ushbu tadqiqot orqali ta’lim muassasalarini boshqarishda axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanishning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida badiiy-ijodiy qobiliyatlarni shakllantirishdagi o‘rnini o‘rganishni maqsad qilganmiz. Tadqiqotning asosiy maqsadi – AKT vositalari yordamida o‘quvchilarning ijodiy tafakkuri, rang idroki, kompozitsiya yaratish ko‘nikmalari hamda raqamli kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligini aniqlashdir. Tadqiqotimizda aralash metodlardan foydalanildi: pedagogik kuzatuv, diagnostik baholash, nazorat va tajriba guruhlarini solishtiruvchi eksperimental tahlil. Olingan natijalar AKT integratsiyasi qo‘llangan guruhda ijodiy ko‘rsatkichlarning sezilarli oshganini ko‘rsatadi: ijodiy tafakkur 27 % ga (nazorat guruhida 8 %), rang idroki o‘rtacha 21 ballga (nazorat guruhida 14 ball), kompozitsiya yaratish ko‘nikmasi esa 20 ballga (nazorat guruhida 12 ball) erishdi. Shuningdek, AKT kompetensiyasi tajriba guruhida ikki karra yuqori bo‘ldi. Ushbu natijalar multimedia o‘quv muhiti bilan ishlashning kognitiv va motivatsion afzalliklarini ta’kidlagan yetakchi olimlar xulosalarini tasdiqlaydi , shuningdek, ta’limni raqamlashtirishga oid milliy siyosiy hujjatlar bilan hamohangdir. Tadqiqotdan kelib chiqadigan xulosa shuki, AKTni ta’lim jarayoniga samarali integratsiya qilish boshlang‘ich ta’limda badiiy-ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishning muhim omili bo‘lib, o‘qitish jarayonining modernizatsiyasiga sezilarli hissa qo‘shadi.
AKT, ta’lim muassasasini boshqarish, boshlang‘ich ta’lim, ijodiy qobiliyat, badiiy rivojlanish, raqamli kompetensiya.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.