Қўқон университети хабарномаси Том 17 (2026) · с. 16-18
AUTIZM SPEKTRIDAGI BOLALARNING IJTIMOIY KO‘NIKMALARINI SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA RIVOJLANTIRISH METODLARI
Rahmonov, Nodirjon, Zokirova, Fozilaxon
Аннотация
Ushbu maqolada autizm spektridagi bolalarda ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishda sun’iy intellekt texnologiyalarining samaradorligi va qo‘llanilishi tahlil qilindi. Tadqiqot doirasida ijtimoiy robotlar va virtual haqiqat muhitidagi interaktiv mashg‘ulotlar orqali bolalarning yuz ifodalari, imo-ishoralar, hissiyotlarini aniqlash va ijtimoiy vaziyatlarda to‘g‘ri xulq-atvorni shakllantirish qobiliyatlari sezilarli darajada yaxshilanganligi aniqlangan. Sun’iy intellekt yordamida olib borilgan korreksion yondashuvlar nafaqat bolalarning ta’lim jarayoniga faolroq jalb qilinishini ta’minlab, balki ularning mustaqil hayotga moslashuvchanligini ham oshirishga xizmat qildi. Shuningdek, maqolada xalqaro tajribalar va ilmiy tadqiqotlar asosida sun’iy intellekt vositalarining autizmli bolalarning ijtimoiy, kognitiv va kommunikatsion qobiliyatlarini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritildi. Maqola O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida keltirilgan “Alohida yordamga muhtoj bolalar uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish zaruratlari” bandlarida keltirilgan zaruratlar sababli ham dolzarb hisoblanadi.
Autizm, sun’iy intellekt, ijtimoiy robotlar, virtual haqiqat, korreksion pedagogika, texnologik terapiya, kognitiv rivojlanish, ijtimoiy adaptatsiya.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.