Қўқон университети хабарномаси 17-том (2026) · 64-67-беттер
O‘Z USTIDA ISHLASH VA O‘Z-O‘ZINI TARBIYALASHNING ASOSIY USULLARI
Muhtarova, Nigora
Аңдатпа
Maqolada shaxsning o‘z-o‘zini rivojlantirish va o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayonlarining mazmuni, tarkibiy qismlari hamda bosqichlari yoritilgan. Shaxsning o‘z ustida ishlashi, o‘zini tahlil qilish, o‘z-o‘zini boshqarish va o‘z-o‘zini baholash mexanizmlarining psixologik-pedagogik asoslari tahlil qilingan. Tadqiqotda o‘qituvchilarning kasbiy o‘zini rivojlantirish usullari, pedagogik vaziyatlarni tahlil qilish va o‘z faoliyatini baholashdagi qiyinchiliklar, shuningdek, o‘z-o‘zini takomillashtirishga ta’sir etuvchi omillar o‘rganilgan. O‘z-o‘zini tarbiyalashning shaxs taraqqiyoti va pedagogik mahorat shakllanishidagi o‘rni asoslab berilgan. O‘z ustida ishlash va o‘z-o‘zini tarbiyalash – bu insonning shaxsiy rivojlanish yo‘lida bir-birini to‘ldiruvchi jarayonlardir. O‘z ustida ishlash – bu bilim, ko‘nikma, sog‘liq va ijtimoiy munosabatlarni yaxshilash orqali hayot sifatini oshirishga intilishdir. Shu bilan birga, o‘z-o‘zini tarbiyalash insonning ichki dunyosini, xulq-atvorini va axloqiy fazilatlarini shakllantirishga qaratilganligi maqolada ko‘rsatib berilgan.
o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmlari, shaxsiy rivojlanish, o‘zini o‘zi boshqarish, pedagogik mahorat, axloqiy, jismoniy, estetik fazilatlar, ijtimoiy omil, tashqi ta’sir, motivatsiya, kasbiy rivojlanish, pedagogik refleksiya
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.