Қўқон университети хабарномаси Ҷилди 17 (2026) · Саҳифаҳои 68-71
TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA KASBIY KOMPETENTLIK
Valixanova, Nigora, Shukuraliyeva, Muqaddasxon
Аннотатсия
Maqolada kompetensiya va kompetentlik tushunchalarining mazmun mohiyati, ta’lim-tarbiya jarayonida kasbiy kompetentlikning tarkibiy elementlari mohiyati va shakllanishi muhokama qilinadi. Kompetensiya – barcha turdagi resurslardan: bilim, ko‘nikma va tajribadan, faoliyat uslublaridan va samarali qurilmalardan foydalanib, kasbiy muammolarni hal qilishga va maqsadlarga erishishga tayyorlik ekanligi, kompetentlik esa ma’lum bir shaxsda qandaydir kompetensiyaning namoyon bo‘lishi, uni o‘zlashtirish o‘lchoviligi asoslab berilgan. Shuningdek, maqolada kasbiy kompetentlikning ta’lim sifatini oshirishda muhim rol o‘ynashi ta’kidlanadi. Kasbiy kompetentlikning ijtimoiy, maxsus, shaxsiy, texnologik va ekstremal komponentlari, ularni rivojlantirish metodikasi, shuningdek, pedagoglar oldidagi dolzarb muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. Maqola kompetensiyaviy yondashuvning ta’lim jarayonini optimallashtirish, innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash va o‘quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirishdagi ahamiyatini yoritadi.
kompetensiya, kompetentlik, kasbiy kompetentlik, ta’lim-tarbiya jarayoni, ijtimoiy kompetentlik, maxsus kompetentlik, shaxsiy kompetentlik, texnologik kompetentlik, ekstremal kompetentlik, kompetensiyaviy yondashuv, innovatsion pedagogik texnologiyalar, mehnat bozori, ta’lim sifati.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.