Қўқон университети хабарномаси Том 17 (2026) · с. 135-138
NEMIS TILI DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING MADANIYATLARARO MULOQOT KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA QO‘LLANILADIGAN INNOVATSION YONDOSHUVLAR
Yusupova, Dilnoza
Аннотация
Quyidagi maqola nemis tili darslarida o‘quvchilarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini shakllantirishda qo‘llaniladigan innovatsion yondoshuvlar haqida bo‘lib, unda o‘zbek va nemis urf-odatlari va bayramlarini loyiha usulida o‘rganish orqali o‘quvchilarning bilim tajribalarini boyitish haqida fikr yuritiladi. Chet til o‘rganishda loyiha usuli olingan bilimlarni uzoq vaqt xotirada saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada loyiha darslarining bosqichlari haqida alohida to‘xtalib o‘tiladi va har bir bosqichda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ishlar batafsil yoritib beriladi. Shu bilan birga maqolada urf-odatlarni “Bekat” larda ishlash usuli orqali o‘rganish haqida ham fikr yuritiladi. Urf-odatlarni zamonaviy texnologiyalar asosida o‘rganish tili o‘rganilayotgan mamlakatning va o‘z urf-odatlarini chet tilida o‘rganish, dars jarayonini qiziqarli tashkillash va o‘tkazish, ularni uzoq vaqt davomida xotirada saqlash imkoniyatlarini yaratadi. Shu bilan birgalikda, milliy qadriyatlar sirasiga kirgan urf-odatlarni o‘rganish o‘quvchilarda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini shakllantiradi.
madaniyatlararo muloqot kompetensiyasi, etnografizm, ayollar bayrami, yangi yil, pasxa, hosil bayrami, mustaqil o‘rganish, loyiha darsi, taqdimot, “Bekat” metodi, birga bajarish kitobi, Nikolaus oqshomi, Martin kuni.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.