Қўқон университети хабарномаси 17-jild (2026) · 145-147-betlar
DIPLOMATIK ATAMALAR VA MADANIY MANTIQ: KOGNITIV-PRAGMATIK SOLISHTIRISH
Abdug‘aniyev, Javohirmirzo
Annotatsiya
Ushbu tadqiqot ingliz va o‘zbek tillarida diplomatik ma’no qanday qilib kognitiv-pragmatik tuzilmalar hamda filologik meros orqali kodlanishini, shuningdek, diplomatik diskursda qo‘llaniladigan atamalarning kognitiv va pragmatik xususiyatlari hamda ularning madaniy mantiq bilan uzviy bog‘liqligi tahlil qilinadi. 60 dan ortiq termin asosida semantik shaffoflik, modal ifodalash va leksik kelib chiqish solishtirilib, majburiyat, hokimiyat va noaniqlikni boshqarishdagi tizimli farqlar aniqlanadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek diplomatik diskursi qat’iy va morfologik jihatdan asoslangan ifodalarga tayanadi, ingliz tili esa modal qatlamlash va talqin moslashuvchanligi orqali ishlaydi.
diplomatik diskurs, kognitiv pragmatika, modalitet, filologik meros, o‘zbek tili, diplomatik terminologiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.