Қўқон университети хабарномаси 17-jild (2026) · 184-186-betlar

VIRTUAL MULOQOT JANRLARI LINGVISTIK TADQIQOTLAR OBYEKTI SIFATIDA

Valiyev, Elyorjon

Manbada oʻqish PDF

Annotatsiya

Mazkur maqolada nutqiy janrlarning tarixiy taraqqiyoti va ularning ijtimoiy ehtiyojlar bilan uzviy bog‘liqligi yoritiladi. Maqolada an’anaviy nutqiy janrlarning shakllanishi, rivoji va ayrimlarining ijtimoiy ehtiyoj yo‘qolishi natijasida arxaiklashuvi masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xususan internet va raqamli platformalarning rivoji natijasida yuzaga kelgan virtual muloqot shakllari hamda ular doirasida vujudga kelayotgan zamonaviy nutqiy janrlarning lingvistik xususiyatlari o‘rganiladi. Maqolada virtual muloqot jarayonida yuzaga keladigan nutqiy janrlar va ularning lingvistik, stilistik hamda kommunikativ xususiyatlari tahlil qilinadi. Hozirgi davrda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi, internet va mobil aloqa vositalarining keng tarqalishi natijasida virtual muloqot o‘ziga xos alohida muloqot maydoni sifatida shakllandi. Virtual muloqotning yozma (chat, blog, forum), audio (internet qo‘ng‘iroqlari, audio xabarlar), video (Zoom, Google Meet, Instagram Live) va aralash multimediya shakllari mavjud bo‘lib, har bir janr o‘ziga xos verbal va noverbal vositalarga ega, leksik va grammatik xususiyatlar bilan xarakterlanadi. Maqola virtual muloqotdagi nutqiy janrlarni aniqlash, tasniflash va ularning kommunikativ vazifasini tushunishning ilmiy asoslarini beradi. Shu bilan birga, zamonaviy tilshunoslikda nutqiy janrlarni o‘rganish nafaqat tilning strukturaviy xususiyatlarini, balki ularning ijtimoiy kontekst va madaniy rolini tahlil qilishni ham talab qilishini ko‘rsatadi.

pochta, telegraf, faks, virtual muloqot, internet, chat, elektron pochta, forum, postlar, izoh, blog.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.

Iqtibos olish

APA 7
Valiyev, Elyorjon (2026). VIRTUAL MULOQOT JANRLARI LINGVISTIK TADQIQOTLAR OBYEKTI SIFATIDA. Қўқон университети хабарномаси, 17, 184-186.
GOST R 7.0.5
Valiyev, Elyorjon VIRTUAL MULOQOT JANRLARI LINGVISTIK TADQIQOTLAR OBYEKTI SIFATIDA // Қўқон университети хабарномаси. 2026. Т. 17. С. 184-186.
BibTeX
@article{elyorjon2026,
  author  = {Valiyev, Elyorjon},
  title   = {VIRTUAL MULOQOT JANRLARI LINGVISTIK TADQIQOTLAR OBYEKTI SIFATIDA},
  journal = {Қўқон университети хабарномаси},
  year    = {2026},
  volume  = {17},
  pages   = {184-186}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Valiyev, Elyorjon
TI  - VIRTUAL MULOQOT JANRLARI LINGVISTIK TADQIQOTLAR OBYEKTI SIFATIDA
JO  - Қўқон университети хабарномаси
PY  - 2026
VL  - 17
SP  - 184
EP  - 186
ER  -