Қўқон университети хабарномаси Том 17 (2026) · с. 191-194
KONSEPTUAL FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH ORQALI OLIY TA’LIM TALABALARI KASBIY KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK-NAZARIY ASOSLARI
G‘ofurova, Barnoxon
Аннотация
Maqolada oliy ta’limda konseptual fikrlashni rivojlantirish masalasi tahlil qilinadi. Hozirgi davrda talabalarning bilimlarni chuqur anglashi, ularni tizimli qayta ishlashi va nazariy umumlashtirishlar hosil qilishi oliy ta’lim sifatini belgilovchi asosiy omilga aylangan. Mazkur maqolada konseptual fikrlashning nazariy asoslari, pedagogik shart-sharoitlari va uni shakllantirishning samarali metodik mexanizmlari yoritilgan. Kompetensiyaviy, konstruktiv, muammoli, integrativ va refleksiv yondashuvlar konseptual tafakkur rivojini ta’minlashda asosiy vosita sifatida ko‘rsatib berilgan. Ta’lim jarayonida konseptual fikrlashni rivojlantirish talabaning mustaqil izlanish, tahliliy fikrlash, muammoni konseptual darajada hal qilish va ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Ushbu maqolada oliy ta’lim jarayonida talabalarning konseptual fikrlashini rivojlantirishning pedagogik-nazariy asoslari tahlil qilinadi. Konseptual fikrlash shaxsning mantiqiy xulosalash, tushunchalar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlash, nazariy bilimlarni tizimlashtirish hamda kompleks muammolar yechimiga yo‘naltirilgan intellektual faoliyat turi sifatida talqin etiladi. Tadqiqotda konseptual fikrlashning mazmun-mohiyati, uni shakllantirishga ta’sir etuvchi pedagogik omillar, shuningdek, zamonaviy ta’lim yondashuvlari (kompetensiyaviy, konstruktiv, refleksiv, muammoli va integrativ) doirasida rivojlantirish mexanizmlari yoritiladi. Maqola yakunida konseptual fikrlashni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ilgari suriladi.
konseptual fikrlash, oliy ta’lim, pedagogik nazariya, kompetensiyaviy yondashuv, refleksiya, muammoli ta’lim, integratsiya, kreativ tafakkur.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.